O'tmishi xozirgi zamon bilan chambarchas bog'liq O'zbekistonning qoq markazida o'zbek oilalarining xonadonlarini ishonchli va samarali isitish bilan ta'minlaydigan seksiyali (qismli) radiatorlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi DORFF GROUP joylashgan. Bizning vazifamiz mahsulotlarimizda yuqori sifat, zamonaviy dizayn va ekologik xavfsizlikni uyg‘unlashtirgan holda har bir xonadonga issiqlik va farovonlik olib kirishdir.
DORFF GROUP eng ilg'or texnologik standartlarga muvofiq zamonaviy uskunalarda ishlab chiqariladigan seksiyali radiatorlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Biz faqat yuqori sifatli materiallardan foydalanamiz, bu bizning radiatorlarimizning uzoq yillar davomida xizmat qilishini va ularning yuqori issiqlik chiqishini kafolatlaydi. Ishlab chiqarish jarayonida biz qat'iy ekologik standartlarga rioya qilamiz, mahsulotimizning xavfsizligi va ekologik tozaligini ta'minlaymiz.
DORFF GROUP kompaniyasida biz doimiy ravishda mahsulotlarimizni takomillashtirish ustida ishlab kelamiz va ularning samaradorligini oshirish uchun innovasion yechimlarni joriy qilamiz. Seksiyali (qismli) radiatorlarimiz imorat ichida issiqlikning mo'tadil taqsimlanishini ta’minlaydi, energiya sarfini kamaytiradi va zamonaviy dizayni tufayli har qanday interyerga mos keladi.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
MODEL | GERBI 500 |
GERBI 350 | GE50R0AL | GE35R0AL | CL5A0S0SIC | WA5R00MA |
ARTIKUL | BK-500- 80 |
BK-350-80 | EKL8-0500- | EKL8-0350- | CL-500-80 | WR-500 |
ISH BOSIMI (ATM) | 16 | 16 | 16 | 16 | 16 | 25 |
SINOV BOSIMI (ATM) | 24 | 24 | 24 | 24 | 24 | 40 |
BUZISH BOSIMI (ATM) | 40 | 40 | 40 | 40 | 40 | 90 |
ISSIQLIK CHIQISHI SERSIYA (QISM) (BT) |
175 | 140 | 185 | 160 | 190 | 200 |
O'QLAR ARO MASOFA | 500 | 350 | 500 | 350 | 500 | 500 |
SEKSIYA (QISM) BALANDLIGI (MM) | 567 | 410 | 567 | 420 | 567 | 560 |
SEKSIYA (QISM) CHUQURLIGI (MM) | 80 | 78 | 80 | 78 | 80 | 80 |
SEKSIYA (QISM) KENGLIGI (MM) | 78 | 78 | 78 | 78 | 80 | 80 |